Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyati hokimligi tomonidan qurilayotgan IT Park Navoiy filiali yangi binosining qurilish jarayoni bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi
    14.10.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida IT Park Navoiy filialining qurilayotgan yangi binosini borib ko‘rdi. U yerda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ham ishtirok etdi. Tashrif davomida amalga oshiriladigan ishlarning taqdimoti ham o‘tkazildi.

    Yangi qurilayotgan binoda kelgusida 2 ta inkubatsiya markazi, bitta IT texnikum, 2 ta BPO va 2 ta kovorking markazlari faoliyat yuritishi ko‘zda tutilgan. Bu orqali 150 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi. 

    Tashrif davomida IT Parkning yangi qurilayotgan filialining imkoniyatlari, qurilish jarayonining holati bilan ham tanishildi. Shu bilan birga, kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida fikr va mulohazalar almashildi. 

    O‘z navbatida, kelgusida binoda yoshlar uchun munosib ish o‘rinlari yaratish, BPO yo‘nalishida sifatli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha masalalar ham muhokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati