Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Navoiy shahar Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
    14.10.2022

    Bugun, 14-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Navoiy shahrida joylashgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga bordi.

    Markaz faoliyati bilan tanishish davomida AKT vaziri u yerda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

    Shinam xonalarga ega bo‘lgan yangi markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. Hozirgi kunda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika o‘rgatib kelinmoqda.

    O‘quv markazda aholi va yoshlar hamda davlat boshqaruv organlari xodimlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlangan markazning o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalari yoshlarga axborot texnologiyalari yordamida yangi bilimlarni o‘zlashtirish va bu sohada o‘z salohiyatini namoyn qilish imkonini beradi.

    Tashrif davomida AKT vaziri markaz xodimlari bilan suhbatlashib, uning faoliyatini kengaytirish, yoshlarni IT sohasiga ko‘proq jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Manba: Axborot xizmati