Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulotlarni onlayn shaklda sotishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi
    14.10.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov rahbarligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida bo‘lib, soha korxona va tashkilotlari faoliyatini o‘rganmoqda.

    Ishchi guruhning navbatdagi manzili “Telecom Devices Pro” MCHJ bo‘ldi. AKT vaziri u yerda MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    “Telecom Devices Pro” MCHJ tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida umumiy qiymati 112 mlrd so‘mdan ortiq miqdoridagi 382 027 donadan ortiq import o‘rnini bosuvchi mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarilgan (reja ko‘rsatkichlari 345,9 %ga bajarilgan).

    Hozirgi kunda korxonada ishchi o‘rinlari soni jami – 150 tani tashkil etadi. Korxonada 131 nafar ishchi xodim faoliyat ko‘rstatib kelmoqda.

    Shuningdek, Tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish maqsadida “Telecom Devices Pro” MCHJning barcha tovarlari (13 turdagi) Respublika elektron kooperatsiya portali (cooperation.uz)ga joylashtirilgan va jami qiymati 89,8 mlrd so‘m miqdoridagi 55 ta bitimlar tuzilgan.

    Tashrif davomida AKT vaziri “Telecom Devices Pro” qo‘shma korxonasi yosh xodimlari bilan ham muloqot qildi. Korxonada ishchi o‘rinlari sonini yanada oshirish, yoshlarni yuqori maoshli ish bilan ta’minlash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.

    Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish, mahsulotlarni onlayn shaklda sotishni ham yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Joriy yilning 11-oktabrda O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida birilgan topshiriqlariga mufoviq, AKT vaziri boshchiligida “Telecom Devices Pro” MCHJ hovlisiga ko‘chatlar ekildi. 

    Manba: Axborot xizmati