Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Tatariston Prezidenti delegatsiyasi IT Parkka tashrif buyurdi
    12.10.2022

    Tatariston Respublikasi Preizenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi doirasida IT Parkka faoliyati bilan tanishdi.

    Tashrif davomida mehmonlarga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos hamrohlik qildi.

    Rasmiy delegatsiya a’zolariga IT Park va uning faoliyati hamda bu yerda yaratilgan sharoitlar tanishtirildi.  Shuningdek, IT Park yangi binosida davom etayotgan qurilish ishlari va uning kelgusidagi faoliyati haqida loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

    Shu bilan birga, ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, jumladan, IT sohalarida kooperatsiyani oshirish va loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.

    O‘z navbatida, ikki tomonlama qo‘shma biznes loyihalarini amalga oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

    Manba: Axborot xizmati