Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • ICT WEEK UZBEKISTAN tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi
    11.10.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida ICT WEEK UZBEKISTAN tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

    AKT haftaligi doirasida matbuot anjumani, BPO sammiti, “Raqamli iqtisodiyot: rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari va huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq muammolar” mavzusida seminar, shuningdek, milliy AKT ko‘rgazmasi ICT EXPO, IT-ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi.

    “ICT WEEK Uzbekistan” 2004-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinayotgan eng muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. AKT haftaligi an’anaviy tarzda bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtiradi.

    Texnologiyalar haftaligining asosiy vazifasi tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yutuqlarni namoyish etish uchun platforma yaratishdan iborat.

    AKT vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekistonning IT-brendini yanada rivojlantirish, qolaversa, soha oldida katta marra etib belgilangan – IT-xizmatlar eksporti hajmini 1 mlrd dollarga yetkazishni qisqa muddatlarda bajarib, har bir soha va tarmoq vakillariga O‘zbekistonni jahon IT-bozorida o‘rnini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, ushbu tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishga kelishib olindi.

    Manba: Axborot xizmati