Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Amity Universitetida ikkinchi yirik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
    10.10.2022

    Joriy yilning 10-12 oktabr kunlari Toshkent shahridagi Amiti universitetida Qozog‘istonning IEEE bo‘limi bilan texnik hamkorlikda “Hisoblash fanlaridagi texnologik yutuqlar (ICTACTS 2022)” mavzusidagi ikkinchi yirik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad yetakchi xorijiy va mahalliy oliy o‘quv yurtlari, ilmiy hamda innovatsion markazlar bilan hamkorlikda faoliyatni yo‘lga qo‘yish bo‘lib, u quyidagi seksiyalarni o‘z ichiga oldi:

    – Hisoblash fanlaridagi texnologik yutuqlar;

    – Aqlli sog‘liqni saqlash uchun ma’lumotlar tahlili bo‘yicha yutuqlar;

    – Muhandislik va texnologiyalardagi so‘nggi innovatsion tendensiyalar;

    – Tushuntirish mumkin bo‘lgan sun’iy intellekt;

    – Ilmiy va muhandislik dasturlaridagi zamonaviy hisoblash usullari;

    – Boshqaruv va texnologiyalarda ma’lumotlar tahlilini qo‘llash orqali raqamli transformatsiya;

    – Turli tadqiqot dasturlaridagi hisoblashga oid sun’iy intellekt;

    – Hisoblash intellekti, buyumlar interneti va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash.

    Ushbu tadbirning ochilish marosimida Hindiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, Amiti universitetining bosh kampusining Hindiston Respublikasi rahbariyatidan janob Amol Chauhan, professor Gurinder Singx va yana boshqa ko‘plab mehmonlar qatnashd.

    “Bunday xalqaro konferensiyalarning o'tkazilishi, albatta, biz uchun muhim. Bu yoshlar va xotin-qizlarning IT savodxonligini yuksaltirish va bu sohaga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishiga xizmat qiladi”, – dedi AKT vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova.

    Konferensiyaga jami 600 dan ziyod ilmiy maqolalar taqdim etilgan bo‘lib, ular orasidan saralab olingan eng yaxshi 90 tasining taqdimoti bilan AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Rossiya Federatsiyasi, Tayvan, Indoneziya, Malayziya, Hindiston va Saudiya Arabistoni kabi davlatlar hamda yurtimizdan taklif etilgan olimlar oflayn va onlayn seksiyalarda faol ishtirok etdi.

    Mazkur konferensiya faoliyati bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishish mumkin: https://amity.edu/ictacs2022/.

    Manba: Axborot xizmati