Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi va AKT vazirligi tomonidan Samarqand shahrida davra suhbati o‘tkazildi
    10.10.2022

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a’zolari tomonidan Samarqand shahrida “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining dolzarb ahamiyati” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Davra suhbatini Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining raisi Ilxom Abdullayev ochib berdi hamda qabul qilingan qarorlarni qabul qilishning dolzarbligi va ahamiyati bo‘yicha ishtirokchilarga aytib o‘tdi.

    Davra suhbatida, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Qo‘mita a’zolari S. Xamidullayev, Z. Xudayberdiyev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari M. Matyakubov va A. Rizayevlar so‘zga chiqib, yangi qabul qilingan “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi va “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati, qonunlardagi o‘zgarishlar, bartaraf etilgan kamchiliklar to‘g‘risida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumotlar berib o‘tdilar.

    Shundan so‘ng, davra suhbati ishtirokchilari yangi qabul qilingan qonunlar bo‘yicha o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

    Manba: Axborot xizmati