Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Davlat tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “Huquqiy zakovat” turniri o‘tkazildi
    10.10.2022

    Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosi doirasida bugun, 8-oktabr kuni Adliya vazirligi hamda “Zakovat intellektual klubi” NNT hamkorligida davlat tashkilotlari xodimlari o‘rtasida «Huquqiy zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.

    Bunda davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklarni yetkazish maqsadida o‘yinda huquqiy-mantiqiy mavzulardagi savollar o‘ynaldi.

    Musobaqa yakunida kuchli uchlikdan quyidagi davlat tashkilotlarining jamoalari joy oldi:

    1-o‘rin - Xalq ta’limi vazirligi;

    2-o‘rin - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;

    3-o‘rin - Davlat soliq qo‘mitasi.

    G‘olib jamoalarga Adliya vazirligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati