Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Inha universitetida bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
    08.10.2022

    Bugun, 8-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida 2021/2022-o‘quv yili bitiruvchilarini diplom bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    2014-yilda tashkil etilgan Toshkent shahridagi Inha universiteti bugungi kunda axborot texnologiyalari va logistika yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistondagi yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi.

    Inha universiteti prezidenti, professor Cho Myon Vu boshchiligidagi Janubiy Koreya Respublikasining Inha universiteti delegatsiyasi bitiruv marosimida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Shuningdek, marosimda Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Kim Xi Sang ishtirok etdi.

    Mazkur tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi va bitiruvchilarni qutladi. Ularning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi hamda bilim olishdan to'xtamasliklarini, tinmay harakatda bo'lishlari lozimligini ta'kidladi.

    Bitiruvchilarga diplomlarni Inha universiteti prezidenti Cho Myong Vu va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolovlar topshirdi.

    2022-yilda Toshkent shahridagi Inha universitetining “Kompyuter va dasturiy injiniring” hamda “Biznes va logistika” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat bosqichini 293 nafar talaba tamomladi.

    2014-yilda 115 nafar talaba tahsil olgan bo‘lsa, hozirda 8 yil o‘tib, universitetda 1700 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchilari O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlarida, shuningdek, yirik xalqaro kompaniyalarida (Facebook, Google, Uber, EPAM, E&Y, Huawei) o‘z ish faoliyatlarini yuritmoqdalar.

    Manba: Axborot xizmati