Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Inha universiteti prezidenti bilan qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    08.10.2022

    Koreya Respublikasida joylashgan Inha universiteti prezidenti Cho Myon Vu  O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida AKT vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Ma’lumki, Toshkent shahridagi Inha universiteti 2018-2021-yillar davomida Janubiy Koreya tajribasi asosida akademik jarayonni amalga oshirgan holda “Kompyuter va dasturiy injeniring” hamda “Biznes va logistika” yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxasislarni tayyorlashni amalga oshirib kelmoqda.

    Shundan kelib chiqqan holda, uchrashuv davomida Inha Universiteti bilan chuqur muzokaralarga asoslangan muhim masalalar muhokama qilindi.

    Jumaladan, Toshkent shahridagi Inha universitetida onlayn daraja dasturlari qo‘shma loyihasini ishga tushirish, bakalavrda yangi talabgor ta’lim yo‘nalishlarini ochish, Universitet xodimlarini doktorantura dasturiga yuborish va universitet talabalari uchun Inha grantini joriy qilish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.

    "Dastlab, Toshkent shahridagi Inha universitetini tashkil etayotganimizda faqat sifatga ishlashni maqsad qilgan edik. Hozirga kelib ushbu universitet ta’lim berish bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yaxshi universitetlardan biri bo‘lib turibdi. Sifatli kadrlarni tayyorlashda Inha universiteti o‘zini oqlab kelmoqda", – dedi AKT vaziri Sh. Shermatov uchrashuvda.

    O‘z navbatida, BPO yo‘nalishida ham hamkorlik qilish, yoshlarni ushbu sohaga ko‘proq jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati