Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbektelekom” AK korrupsiyaga qarshi kurash menejment tizimining xalqaro standartga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi
    06.10.2022

    Joriy yilning 6-oktabr kuni “Cert International” xalqaro sertifikatsiya organi tomonidan ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurash tizimining xalqaro muvofiqlik sertifikati “O‘zbektelekom” AKga berilganligi  munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

    Ushbu tadbirda AKT vaziri Sherzod Shermatov,  “Cert International” xalqaro sertifikatsiya organining IRCA bo‘yicha auditori Marat Xabibulin va “O‘zbektelekom” AK rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi.

    “O‘zbektelekom” AKning Korrupsiyaga qarshi kurash boshqaruvi tizimi bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standart muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritgani kompaniya faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. Mazkur sertifikat Kompaniyaning fuqarolar, xalqaro investorlar va hamkorlar orasidagi ishonchi va obro‘sini yanada yaxshilashga qaratiladi.

    Manba: Axborot xizmati