Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik xodimlari uchun malaka oshirish seminari o‘tkazildi
    06.10.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha onlayn seminari tashkil etildi. 

    Mazkur seminar “Uzbekistan public sector AI competency enhancement online education” deb nomlangan bo‘lib, Koreya Respublikasining National Information Society Agency (NIA) agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

    Mamlakatda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va iqtisodiyotning barcha jabhalarida keng qo‘llash, ushbu sohada xorijiy rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun malakali kadrlar tayyorlash juda muhim hisoblanadi.

    10 kun davom etgan seminarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Vazirlikning tizim tashkilotlaridan jami 50 dan ortiq sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar ushbu yo‘nalishda Koreya tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 

    Seminar ishtirokchilariga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J. Egamberdiyev hamda Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya ekspert guruhi rahbari Ko Taek-Jin tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati