Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xalqaro iqtisodiy forum o‘tkazildi
    05.10.2022

    Bugun, 5-oktabr kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida 6-13-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati doirasida tashkil etilgan xalqaro iqtisodiy forum bo‘lib o‘tdi.

    Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjaev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer ishtirok etdi.

    Ishtirokchilar orasida diplomatik vakolatxonalar, federatsiyalar, ittifoqlar, turli mamlakatlarning dzyudo bo‘yicha konfederatsiyalari vakillari, xalqaro tashkilotlar va xalqaro moliya institutlari vakillari ham qatnashdi.

    Forumda Bank, moliya, texnologiya va IT sohasidagi tendensiyalar kun tartibidan asosiy o‘rin egalladi. Bundan tashqari, ishtirokchilar O‘zbekistonga sarmoya kiritish masalalarini ham muhokama qildilar.

    Forumda O‘zbekistonda 2030-yilga kelib qayta tiklanadigan energetikadan foydalanish ko‘lamini qariyb 30 foizga oshirish rejalashtirilayotgani aytildi.

    Shuningdek, ishtirokchilarning e'tiborlari butun dunyoda jadal rivojlanayotgan raqamli texnologiyalarga qaratildi. Ta’kidlanishicha, bu sohada har bir mamlakatning raqobatbardoshligi innovatsiyalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot texnologiyalarining joriy etilishiga bog‘liq bo‘ladi.

    Forum doirasida B2B va B2G uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi.

    Manba: Axborot xizmati