Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Firibgarlarga ishonmang
    05.10.2022

    Shu kunlarda bizga yetib kelayotgan xabarlar orasidan ijtimoiy tarmoqlarda aholi uchun kompyuter xizmatlari tashkil qilinib, davlat xizmatlarini onlayn ko‘rsatish bo‘yicha takliflar bo‘layotgani haqidagi ma’lumot e’tiborimizni tortdi.

    Siz aslo bu kabi usullardan foydalanmang! Begonalarga shaxsiy ma’lumotlaringizni yoki identifikatsiya tizimlaridagi login va kalit so‘zlaringizni bera ko‘rmang!

    My.gov.uz orqali elektron davlat xizmatlaridan shaxsan o‘zingiz yoki faqat oila a’zolaringiz ko‘magida foydalaning.

    Muammo yoki tushunmovchiliklar kelib chiqsa, 24/7 tartibida ish olib boruvchi “1242” qisqa raqamli Call-markazimiz bilan bog‘laning.

    Manba: Axborot xizmati