Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda “Euroasia Data Center and Cloud Forum” tadbiri o‘tkazildi
    03.10.2022

     “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Huawei kompaniyasi tomonidan maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash markazlari (DPC) va bulutli hisoblash uchun texnologik yechimlarga bagʻishlangan “Euroasia Data Center and Cloud Forum” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu tadbirning aynan O‘zbekistonda o‘tkazilishi ham bejiz emas. Joriy yilning 27-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu Datamarkazning ochilishida ishtirok etgan edi. Mazkur markaz ishga tushishi natijasida davlat idoralarining ma’lumotlarni saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlashga sarflaydigan milliardlab xarajatlari tejaladi, aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanadi.

    Shu munosabat bilan bugun, 3-oktabr kuni Yevroosiyo davlatlaridan kelgan AKT mutaxassislari O‘zbekistonda yaratilgan eng oxirgi rusumdagi Huawei kompaniyasi Datamarkazi misolida ilg‘or tajribalar bilan tanishtirildi va elektron hukumat tizimlarini joriy etishdagi xalqaro trendlar haqida fikr almashdilar.

    Tadbir “Yevrosiyo mintaqasida raqamli transformatsiyani jadallashtirish uchun to'liq huquqli ekotizimni birgalikda qurish” mavzusiga bag‘ishlandi.

    Tadbirni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov o‘z nutqi bilan ochib berdi. AKT vaziri “Raqamli O‘zbekiston”ni rivojlantirish borasida erishilgan asosiy yutuqlar va davlatimiz tomonidan IT sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ta’kidladi.

    Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasi prezidenti Daniel Chjou ham qutlov nutqi so‘zlab, O‘zbekiston raqamli rivojlanish sohasida sezilarli muvaffaqiyatga erishgani, yaqinda e’lon qilingan “Elektron hukumat” global reytingi bo‘yicha BMT hisobotida O‘zbekiston 18 pog‘onaga ko‘tarilganini, shuningdek, Global Innovation Index 2022 reytingida mamlakat mavqeini 4 pog‘onaga yaxshilaganini e’tirof etdi.

    Milliy maʼlumotlar markazini yaratish boʻyicha amalga oshirilgan loyihalar boshqa mamlakatlar uchun namuna boʻlishi aytib o‘tildi.

    Shuningdek, forumda raqamlashtirishni rivojlantirishning yangi imkoniyatlari, ma’lumotlar markazlarini qurishning amaliy jihatlari, mintaqada raqamli transformatsiyani tezlashtirish uchun sun’iy intellektdan foydalanish kabi mavzular ham muhokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati