Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy qutlaydi
    30.09.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi Siz azizlarni, sizlarning timsolingizda ustoz degan sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan yurtimizdagi barcha insonlarni umumxalq bayrami 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

    Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasini davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirishga qaratilgan, oilada farzand tug‘ilganidan boshlab, kamolot yoshiga yetgunga qadar uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishiga xizmat qiladigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratilmoqda.

    Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri - ustozlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularni ulug‘lashdir. Bugun mamlakatimizda o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish jahonning ko‘plab davlatlari tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda. Mazkur sana arafasida ustozlik kasbida halol va samarali ish olib borayotgan ilg‘or pedagoglarning yuksak mukofotlar bilan taqdirlanishri buning amaldagi isbotidir.

    Bugungi kunda oliy ta’lim tizimini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, oliygohlarni ta’lim va ilm-fanning yirik markazlariga aylantirish bo‘yicha boshlagan katta ishlarni jadal davom ettirish lozim.

    Ustoz-murabbiylarning ishga, hayotga munosabati va mas’uliyati tubdan o‘zgarib, ularning doimiy izlanib, yangilikka intilib yashayotgani, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va metodikalarini puxta o‘zlashtirib borayotgani, hech shubhasiz, hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

    Har bir jajji bolani o‘z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan ming-minglab farzandlarimiz kamoli uchun javobgar o‘qituvchi va murabbiylar fidoyi kasb egalaridir.

    Har bir sohada dunyodagi eng sharafli va mashaqqatli kasb egasi bo‘lgan Siz azizlarni, shu jumladan, axborot-kommunikatsiyasi sohasida ham yoshlarga bilim va malakasini oshirishga qo‘shayotgan samarali mehnatingiz uchun tashakkur bildiramiz!

    Manba: Axborot xizmati