Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Seul shahrida “Ilg‘or raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda davlat xizmatlarini taqdim etish” dasturi tashkil etildi
    19.09.2022

    Bugun, 19-sentabr kuni Koreyaning Seul shahrida “Ilg‘or raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda davlat xizmatlarini taqdim etish” dasturi tashkil etildi.

    Ushbu dasturni tashkil etishdan asosiy maqsad – ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda aholiga yanada qulayliklar yaratish uchun elektron davlat xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha Koreya tajribasi bilan tanishish hamda ishtirokchi davlatlar tajribasida ushbu yo‘nalishdagi muaffaqiyatli natijalarini qo‘llashdan iborat. 

    Shuningdek, Koreyada davlat xizmatlariga innovatsion va raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish va ushbu jarayonlar bilan tanishtirish, ishtirokchi davlatlar o‘rtasida bu sohada o‘zaro ma’lumot va tajriba almashish, Koreya hamda ishtirokchi davlatlar o‘rtasida kelajakdagi hamkorlikni yanada rivojlantirishni mustahkamlash maqsad qilingan.  

    Mazkur dastur davlat xizmatlari bo‘yicha Ostona xab (BMTning Qozog‘istondagi bilim va tajriba almashish bo‘yicha platformasi) tomonidan Koreya Respublikasining ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi hamda Axborot jamiyati milliy agentligi (NIA) bilan hamkorlikda o’tkazilib, unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Elektron hukumat” loyihalarini boshqarish markazi DM rahbar xodimlari ishtirok etmoqda. 

    Shu bilan birga, dastur doirasida Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan ushbu sohaning mas’ul rahbar xodimlari ham qatnashmoqda.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekistonda Elektron hukumatni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida alohida taqdimot o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning bu sohadagi qonunchilik bazasini takomillashtirish, telekommunikatsiya infratuzilmasi va kompleks axborot tizimlarini rivojlantirish, elektron xizmatlar ulushini oshirish, muqobil identifikatsiya tizimlari, ma’lumotlarni qayta ishlash markazi imkoniyatlari hamda kadrlar tayyorlash va salohiyatini oshirish bo‘yicha yurtimizda olib borilayotgan ishlar va islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

    Dastur doirasida Axborot jamiyati milliy agentligining (NIA) prezidenti Jonsung Xvan, Davlat xizmatlari bo‘yicha Ostona xab raisi Alixan Baymenov, Koreya Respublikasining ichki ishlar va xavfsizlik vazirligining raqamli hukumat sohasida hamkorlik bo‘limi direktori Sonju Son ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

    Yuqorida qayd etilgan dastur 2022-yil 21-sentabriga qadar davom etadi va unda ishtirokchi davlatlardan kelgan mutaxassislar Raqamli texnologiyalar hukumatining ko‘rgazmalar zali, ID-kartalarni chop etish hamda ular bilan ishlash korporatsiyasi, Axborot resurslari milliy xizmati hamda An’yan shahridagi “Aqlli shahar” markaziga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan.An’yan shahridagi “Aqlli shahar” markaziga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati