Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Uch kunlik “SAP International Ideathon Central Asia 2022” o’z nihoyasiga yetdi
    16.09.2022

    9-11-sentabr kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar uchun xalqaro “SAP International Ideathon Central Asia 2022” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Inha universiteti va SAP tomonidan SAP University Alliance va IT Park ko‘magida tashkil etildi.

    Ideaton – g‘oyalar tanlovi bo‘lib, unda ishtirokchilar berilgan mavzu bo‘yicha loyiha g‘oyalari bilan chiqadilar, so‘ngra ularni hakamlar hay’atiga taqdim etib fikr-mulohazalarini tinglaydilar.

    Ideathon ishtirokchilarining vazifasi O‘zbekiston Respublikasida texnologik tadbirkorlikni, shuningdek, kichik va yirik IT-biznesni rivojlantirish uchun platforma yoki qo‘llanma ishlab chiqishdan iborat edi.

    Bellashuvda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus va boshqa davlatlar talabalari ishtirok etdi. Shu tariqa, turli oliy o‘quv yurtlaridan 3-5 kishidan iborat sakkizta jamoa o‘z natijalarini IT Park, SAP, EY, EPAM, AGMK va IUT vakillaridan iborat ekspert hay’atiga taqdim etdilar.

    Uch kunlik marafon ishtirokchilarga global va mahalliy ekspertlar bilan hamkorlikda ishlash, texnologik tadbirkorlikka jalb qilish, SAP platformasi yechimlari bilan tanishish imkonini berdi. Shuningdek, Xalqaro Ideathon Central Asia 2022 doirasida SAP va SAP University Alliance vakillari talabalarni dizayn fikrlashning Stenford metodologiyasi bilan tanishtirdilar.

    Hakamlar hay'atining baholash natijalariga ko'ra g'oliblar:

     • 1-o‘rin — TOKS jamoasi (IUT va TDDU talabalari). Ular IT-mutaxassislarini O‘zbekiston Respublikasiga ko‘chirish (relokatsiya) dasturini qo‘llab-quvvatlash platformasini taklif qildilar, bu esa yangi mamlakatdagi hayotga tez moslashish va ishlash uchun zarur bo’lgan to‘liq va dolzarb ma’lumotlarni taqdim etadi;

     • 2-o‘rin — Fireman ilovasi bilan HOJA jamoasi (IUT talabalari). Ular IT-mutaxassislari orasida ishda zo’riqish va charchash kabi holatlarni o'z vaqtida aniqlash uchun loyiha menejerlari va team/dev-liderlar uchun boshqaruv panelini taklif qilishdi;

     • 3-o‘rin — ITHack jamoasi (Belarus davlat universiteti, IUT va MGIMO talabalari). Ularning ilovasi IT Park rezident kompaniyalariga tizim integratsiyasi loyihalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni vaqtincha yollash imkonini beradi.

    G‘oliblarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

    Ta’kidlash joizki, SAP biznesni boshqarish uchun dasturiy yechimlarning yirik global provayderi hisoblanadi. Kompaniya SAP University Alliance doirasida yoshlarga SAP yechimlari asosida aqlli texnologiyalar bilan ishlash va biznes jarayonlarini optimallashtirishni o‘rgatish bilan shug‘ullanadi.

    SAP University Alliances dasturi 1994 yilda ishga tushirilgan va MDH davlatlarida 2004 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. SAP University Alliance nafaqat talabalar ta'limi, balki tarmoq platformasi hamdir. Hozirda dastur butun dunyo bo'ylab 3100 dan ortiq ishtirokchilarga ega. Jumladan, MDH davlatlari miqyosida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Armaniston, Oʻzbekiston, Gruziya, Qirgʻizistonning 35 ta oliy oʻquv yurti Alyansga aʼzo boʻlib, ulardan 6 tasi Oʻzbekistondan hisoblanadi.

    Manba: Axborot xizmati