Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Inhada ''International Ideathon Central Asia 2022'' bo‘lib o‘tmoqda
    10.09.2022

    2022-yilning 9-11-sentabr kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar uchun “International Ideathon Central Asia 2022” uch kunlik oflayn tadbiri o‘tkazilmoqda. Tadbir Toshkent shahridagi Inha universiteti va SAP hamkorligida tashkil etilmoqda.

    Tadbirning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri maslahatchisi – Kamola Sobirova, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori – Muzaffar Djalalov, IT-parkning Startap ekotizimlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i – Farrux Maqsumov va SAP Uzbekistan kompaniyasining savdo bo‘yicha direktori – Laziz Adxamov ishtirok etdi.

    Ushbu g‘oya talabalarga kompaniyalar har kuni duch keladigan turli muammolarni hal qilish uchun jamoalarda ishlash uchun ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi.

    3 kunlik tadbir davomida ishtirokchilar Stenford Dizayn fikrlash usuli hamda SAP platformasi bilan tanishadilar va bilimilarni amaliyotga tatbiq etadilar.

    Manba: Axborot xizmati