Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yetti oy ichida axborot va aloqa sohasida 1522 ta yangi korxonalar tashkil etildi
    18.08.2022

    2022-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 11252 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,5 foizni tashkil etdi.

    Shuningdek, joriy yilning yetti oyida ushbu sohada 1 522 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 1514 tasi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

    Quyidagi hududlarda ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar aks etgan:

    – Toshkent shahrida 652 ta,

    – Samarqand viloyatida 141 ta,

    – Farg‘ona viloyatida 109 ta,

    – Toshkent viloyatida 86 ta.

    Manba: Axborot xizmati