Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda “Tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda
    17.08.2022

    Bugun, 17-avgust kuni Toshkent shahridagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqoti”ni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va tashkil etish masalariga bag‘ishlangan “Tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi” boshlandi.

    Ushbu haftalik doirasida vazirlik va tashkilotlar xodimlari, soliq organlari vakil va xodimlari ham ishtirok etmoqda.

    Shu munosabat bilan “Davlat xaridlari, birja masalalari hamda tadbirkorlik sohasida raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etdi. Shuningdek, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Raqamli transformatsiya markazi rahbar va xodimlari qatnashdi.

    “Davlatimiz rahbari dastlabki yillardan boshlab tadbirkorlar bilan doim muloqotda bo‘lish va ular bilan ishlash vazifasini oldimizga qo‘ygan edi. 2017-yilda IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritib, ushbu sohani rivojlantirishni maqsad qilgan edik. Hozirda biz uchun katta imkoniyatlar mavjud. Misol uchun 2017-yilda taxminan 600 ming dollar eksport qilingan bo‘lsa, joriy yilda 100 mln dollarga yetkazishni reja qilganmiz. Asosiy maqsadimiz O'zbekistonni mintaqaviy IT Hubga aylantirish. Shu maqsadda Davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan uchrashib, ushbu sohani yanada rivojlantirish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi. 

    Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatingizda sizlarga qo'shimcha qulayliklar yaratish borasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda murojaat va har qanday takliflar uchun hamisha ochiqmiz sizlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, – dedi AKT vaziri Sh. Shermatov davra suhbati davomidagi nutqida.

    Uchrashuv davomida tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati