Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Yagona integrator UZINFOCOM” yangi elektron platformani ishlab chiqdi
    16.08.2022

     “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ bolalarfondi.uz elektron platformasini yaratib, «Bolalarni qo‘llab-quvvatlash» jamoat fondi”ga begʻaraz foydalanish uchun taqdim etdi.

    Tizim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5255-son Qarori ijrosini (8-band) taʼminlash maqsadida tashkil etilgan boʻlib, unda Jamoat fondidan mablagʻ oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ularning shaxsini oshkor qilmasdan (yoshi, jinsi, ijtimoiy mavqei, moliyalashtirish manbalari) rasmiy eʼlon qilish imkoniyati nazarda tutilgan.

    Platforma doimiy ravishda takomillashtirilmoqda va hozirgi kunda 100% shaffoflik, mablag'lar taqsimlanishining maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratga erishilgan. Elektron platformaning barcha imkoniyatlari va bajarilgan ish natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. 

    Manba: Axborot xizmati