Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyati hokimi IT sohasi mutaxassislari va yosh dasturchilar bilan uchrashdi
    16.08.2022

    Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi N. Tursunov axborot texnologiyalari sohasidagi istiqbolli loyihalar va yosh dasturchilar bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda eng asosiy masala sifatida Navoiy shahri markazida zamon talablariga to‘la javob beradigan IT Parkning filialini tashkil etish hamda yosh dasturchilarni bir joyga jamlash uchun qulay shart-sharoit yaratib berish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

    Shuningdek, Navoiy shahridagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi faoliyati hamda u yerdagi o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan yaqindan suhbatlashib, yaratilgan qulayliklar hamda mavjud muammolar to‘g‘risida fikr almashildi.

    Viloyat hokimi Navoiy shahridagi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi SOFTEX korxonasining mehnat jamoasi va ular tomonidan taqdim etilgan IT startap loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, ushbu korxonadagi 30 ga yaqin yoshlar tomonidan axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar, ish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirishga qaratilgan apparat-dasturiy ta’minot hamda kompyuterga servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

    Uchrashuv so‘ngida yosh dasturchilar tomonidan o‘zlarining qiziqishlari hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor loyihalari haqida tushuntirishlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati