Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yoshlarni AKTga jalb qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashda BAA bilan hamkorlik loyihalarini davom ettirishga kelishib olindi
    25.07.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Astrum” IT akademiyasida Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Ushbu uchrashuv delegatsiyaning “IT Park Rewind 2022” tadbirida ishtirok etish doirasida tashkil etildi.

    Uchrashuvda BAA bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ularni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, AKT vaziri BAA tomonidan mGovAward xalqaro tanlovini amalga oshirishda bevosita ishtirok etgani va qo‘llab-quvvatlaganini alohida e’tirof etdi.

    Mamlakatda yoshlarning salohiyatini yuksaltirish, ikki davlat o‘rtasida IT kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlash, AKTga yosh o‘g‘il-qizlarni ko‘proq jalb qilish uchun kelgusida ham ana shunday loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.

    Uchrashuv so‘ngida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligini hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati