Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “UNICON.UZ” DUK laboratoriyalarining faoliyat sohasi, texnik imkoniyatlari va ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi
    23.07.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Fan-texnika va marketing tadqiqotlari davlat unitar korxonasi - UNICON.UZ (“UNICON.UZ” DUK)ga tashrif buyurdi.

    Mazkur tashrif doirasida “UNICON.UZ” DUK qoshidagi Ixtisoslashgan ishlab chiqarish departamenti hamda Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish sinov markazi faoliyatlari bilan yaqindan tanishildi.

    Tanishish jarayonida maxsus maqsadli vositalarni ishlab chiqish va konstruksiyalash, metall konstruksiyalarni tayyorlash va ishlov berish, elektron komponentlarni yig‘ish va o‘rnatish bo‘limlaridagi ish jarayonlari, ishlab chiqarish uchastkalarining tashkil qilingan holati va ishlab chiqirilayotgan maxsus vositalar haqida to‘liq tanishtirildi.

    Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish sinov markazining maqsadli faoliyati, ya’ni telekommunikatsiya tarmog‘ining xavfsizligi va uzluksizligini ta’minlash, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlariga qo‘yilgan barcha talablarga javob beradigan infokommunikatsion qurilmalarning o‘rnatilishini nazorat qilish maqsadida telekommunikatsiya uskunalari va dasturiy mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi me’yoriy huquqiy aktlar va me’yoriy hujjatlarning majburiy talablariga muvofiqligini baholash bo‘yicha sinov ishlarini amalga oshirish jarayoni haqida yaqindan tanishtirildi.

    Shuningdek mazkur tashrif davomida Sinov markazi tarkibidagi Raqamli kommutatsiya tizimlari va ma’lumotlarni uzatish, Telekommunikatsiya radiotexnika vositalari, Elektromagnit moslashuv, xavfsizlik, Axborot xavfsizligi apparat-dasturiy va texnik vositalari sinov laboratoriyalarining faoliyat sohasi, texnik imkoniyatlari va ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

    Jumladan, Sinov markazi tarkibida barpo etilgan sifatli va to‘laqonli sinovlarni o‘tkazishni ta’minlovchi so‘nggi zamonaviy talablarga javob beruvchi Respublikada noyob sanalgan exosiz kamera va zamonaviy o‘lchov vositalari hamda sinov qurilmalari bilan jihozlariga ega laboratoriya kompleksi bilan tanishtirildi.

    Tashrif davomida “UNICON.UZ” DUK direktori tomonidan Sinov markazida elektromagnit holat, elektromagnit moslashuvchanlik, kommutatsiya va ma’lumotlarni uzatish, telekommunikatsiya radiotexnika sohasiga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun ham qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilganligi, sifatli va to‘laqonli sinovlarni o‘tkazishga qo‘yiladigan zamonaviy, so‘nggi talablarga javob beruvchi muhim bo‘lgan infratuzilmani barpo etilganligi ta’kidlandi.

    Shu bilan birga, Sinov markazi o‘zining faoliyati davomida “Huawei Technologies Co., Ltd.”, “ZTE Corporation”, “Motorola Ltd.”, “NEC Corporation”, “Alcatel Shanghai Bell Co., Ltd.”, “Iskratel”, “Cisco”, “Andrew”, “Nokia Solutions and Networks” kabi taniqli kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonga yetkazib beriladigan bir necha ming turdagi eng yangi telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatsiyalash sinovlarini amalga oshirilayotganligi ma’lum qilindi.

    Sinov natijalari yetakchi xorijiy, xalqaro miqyosda tan olinayotganligi va mahalliy TTV ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, qo‘shni va uzoq xorijiy mamlakatlarning sinov markazlari bilan yaqin hamkorliklar amalga oshirilayotganligi ta'kidlandi. 

    O‘z navbatida, Sinov markazi faoliyati bilan tanishish uchun ITU, TÜV, MSS kabi telekommunikatsiya sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning vakillari bir necha bor tashrif buyurganligi aytib o‘tildi.

    O‘z navbatida, vazirlik rahbariyati tomonidan mazkur faoliyatlar mamlakatimizda mahalliy ishlab chiqarilayotgan va mamlakatimizga olib kirilayotgan mahsulotlarni sifatli va raqobatbardoshli bo‘lishi uchun va keyinchalik ularni takomillashtirish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadamlardan biri ekanligi e’tirof etildi.

    Manba: Axborot xizmati