Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Japan Digital University rahbariyati bilan raqamli texnologiyalar hamda ta’lim yo‘nalishida hamkorlikda ishlash masalalari muhokama qilindi
    22.07.2022

    Bugun, 22-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalаrini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Japan Digital University vasiylik kengashi raisi, “Digital Knowledge Co., Ltd Japan” asoschisi va rahbari Xaga Xiroaki bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Unda JDU O‘zbekistondagi rektori Ravshanbek Mamajonov ham ishtirok etdi.

    Uchrashuvda O‘zbekistonda ta’lim sohasining rivojlanishi bilan tanishish, shuningdek, hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

    Toshkent shahridagi Yaponiya raqamli universiteti bitiruvchilari 3 ta: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Japan Digital University hamda Yaponiyadagi universitetlardan birining diplomini qo‘lga kiritish imkoni mavjud. 

    Ushbu universitet missiyasi dunyo miqyosda yetuk kadrlarni tayyorlash orqali aholi yaxshi yashashiga ko‘maklashish va O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishga hissa qo‘shadi.

    Uchrashuv davomida raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, AKT vazirligi bilan hamkorlik qilgan holda ta’lim sifatini ta’minlash, korxona va tashkilotlar bilan universitet o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha takliflar bildirildi.  

    Manba: Axborot xizmati