Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyatida yangi tashkil etilgan IT o‘quv markazlar faoliyati o‘rganildi
    21.07.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Samarqand shahriga tashkil etilgan yangi IT o‘quv markazlari, jumladan “Empire-Soft” va “IT Step Academy”ning Samarqand filiali faoliyatlari bilan tanishdi.

    Mazkur o‘quv markazlarining har biri 100 ga yaqin sig‘imga ega bo‘lib, 1 oyda 200 ga yaqin yoshlarni zamonaviy dasturlash hamda boshqa IT yo‘nalishlariga o‘qitmoqda.

    Mazkur o‘quv markazlar zamonaviy ko‘rinishda ta’mirdan chiqarilib, boshqa o‘quv markazlaridan farqli ravishda bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashmoqda.

    Tashrif davomida AKT vaziri yoshlarni AKTga keng jalb qilish, o‘quv markazlar faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.

    Manba: Axborot xizmati