Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Samarqand viloyatidagi IT Park rezidentlari faoliyati bilan tanishdi
    21.07.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida IT Park rezidentlari “Nextgen IT” MCHJ va “Dasturchilar klubi” MCHJ faoliyatlari bilan tanishdi.

    Bunda “Nextgen IT” MCHJ mahalliy savdo majmualarini avtomatlashtirish, “Dasturchilar klubi” MCHJ esa dasturlashning turli yo‘nalishlarida loyihalar yaratish va yoshlarni ITga o‘qitish bilan shug‘ullanadi.

      Mazkur tadbirkorlik subyektlarining har birida 20 ga yaqin xodimlar faoliyat olib borishib, kelgusida katta IT kompaniyaga aylanishni rejalashtirgan.

    AKT vaziri Sh. Shermatov mazkur tadbirkorlik subyektlari rahbar va xodimlari bilan muloqot qilib, chet davlatlarga xizmatlarni eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zining tavsiyalarini berdi.

    Manba: Axborot xizmati