O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi 2022 yil 9 iyunda O‘RQ-777-son Qonuni qabul qilingan edi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 8-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati departament, boshqarma va bo‘limlari hamda hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, tizimdagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlar va mutaxassislari bilan birgalikda onlayn o‘quv soati tashkil etildi.
Unda Qonunning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.