Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “AKT sohasidagi muvaffaqiyatli yoshlar!” tanlovi e’lon qilinmoqda
    30.06.2022

    Siz mamlakatimizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shyapsizmi?

    Bu jarayonga yoshlarni qay darajada ko‘p jalb qilyapsiz?

    O‘zingizni O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markazga aylantirish jarayonida ishtirokchi sifatida ko‘rishni istaysizmi?

    Demak, ushbu tanlov aynan Siz uchun!

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan IT sohasiga yoshlarni kengroq jalb qilish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda tanlov e’lon qiladi:

    1. ITda faoliyat yurituvchi yoshlarni kashf qilishga qaratilgan motivatsiya beradigan eng yaxshi mediamahsulot (ijtimoiy rolik, ko‘rsatuv, maqola):

    — Eng yaxshi ijtimoiy rolik (1, 2);

    — Eng yaxshi ko‘rsatuv (1, 2);

    — Eng yaxshi maqola (1, 2);

    2. IT yo‘nalishiga yosh xotin-qizlarni eng ko‘p jalb qilishga hissa qo‘shadigan, motivatsiya beradigan eng yaxshi mediamahsulot (ijtimoiy rolik, ko‘rsatuv, maqola):

    — Eng yaxshi ijtimoiy rolik (1, 2);

    — Eng yaxshi ko‘rsatuv (1, 2);

    — Eng yaxshi maqola (1, 2);

    Mazkur nominasiyada ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalistlar, blogerlar IT yo‘nalishida faoliyat yurituvchi yoshlarni kashf etish maqsadida tayyorlangan materiallari bilan qatnashishlari mumkin.

    3. IT yo‘nalishiga yosh xotin-qizlarni eng ko‘p jalb qilgan soha (1, 2, 3):

    Ushbu nominatsiyada AKT yo‘nalishida faoliyat yurituvchi xodimlarning aksariyati yosh xotin-qizlardan iborat vazirlik, idora va mahalliy hokimliklar ishtirok etishi mumkin.

    4. IT yo‘nalishida eng ko‘p yoshlarni o‘qitgan muassasa (1, 2, 3):

    Mazkur nominatsiyada mustaqil ravishda yoshlarni AKT sohasiga o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi o‘quv markazlari qatnashishlari mumkin. Ushbu yo‘nalishda oliy ta’lim muassasalari ishtirok eta olmaydi.

    Nominatsiyalar bo‘yicha materiallar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2022-yil 25-noyabrgacha kamida 3 ta tayyorlangan, OAV (televideniye, matbuot va internet nashrlari, ijtimoiy tarmoqlar)da e’lon qilingan bo‘lishi shart.

    Materiallarni topshirish muddati: 2022-yil 10-noyabrdan 25-noyabrga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida qabul qilinadi.

    Gʻoliblar 2022-yil 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirda tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

    Qo‘shimcha ma’lumotlar va tanlovning boshqa shartlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining www.mitc.uz rasmiy saytida hamda Vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi.

    Manba: Axborot xizmati