Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jonajon Vatanimiz kelajagi bunyodkorlari – Siz aziz yoshlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklaydi
    30.06.2022

    Bugun O‘zbekiston bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etgan holda mamlakatimizda Uchinchi Renassansni boshidan kechirmoqda. Albatta, bu jarayonda keng qamrovli islohotlar amalga oshirish, ko‘zlangan yuqori marralarga va maqsadlarga erishish, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida rejalashtirilgan har qanday ishda Sizning o‘rningiz beqiyosdir!

    So‘nggi yillarda AKT sohasi mamlakatimizda asosiy drayverlardan biriga aylanib borayotganligiga guvoh bo‘lib turibmiz. O‘z navbatida, bunday rivojlanish mazkur yo‘nalishda ta’limni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Shu kungacha AKT yo‘nalishidagi asosiy tayanch ta’lim maskanlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Amiti va Inha universitetlari bo‘lgan bo‘lsa, yaqindagina IT Park University’ning ochilishi bu boradagi imkoniyatlarni yanada oshiradi, deb o‘ylaymiz.

    Bundan tashqari, respublikamizning barcha shahar va tuman markazlarida Raqaml texnologiyalar markazlari ham ushbu sohaga qiziquvchilar uchun dastlabki bilim va ko‘nikmalarni berishga xizmat qilib kelmoqda. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sizlarga qarata aytgan “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” degan so‘zlarini yana bir bor takrorlashni istardik. 

    Sizlarning xalqaro fan olimpiadalari, sport musobaqalari, shuningdek, jamiyat hayotining boshqa jabhalarida qo‘lga kiritayotgan yutuqlaringiz, Siz ilgari surayotgan olamshumul tashabbus va g‘oyalar Yangi O‘zbekiston kelajagi yanada porloq bo‘lishini ta’minlashiga ishonamiz.

    Aziz O‘zbekiston yoshlari!

    Bugungi kunda ko‘p millatli xalqimiz, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ulkan orzu-umidlar, katta rejalarining asosiy tayanchi va suyanchi sifatida Sizlarni ko‘rmoqda. Sizlar tom ma’noda yurtimiz istiqboli, yorug‘ kelajagimiz bunyodkorisiz!

    Yoshlikdagi kuch-g‘ayratni el-yurtiga baxsh etgan yigit-qizlardan Vatan ham, xalq ham, yoshlikning o‘zi ham rozi bo‘ladi, deya ta’kidlagan edi mashhur shoirimiz Erkin Vohidov. Butun O‘zbekiston yoshlariga mana shunday ulkan baxt va sharaf nasib qilsin!

    Sizlarni bugungi bayramingiz – Yoshlar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va yangi zafarlar tilaymiz.

    Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!

    Manba: Axborot xizmati