Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon Banki vakillari bilan BPO markazlarini rivojlantirishda hamkorlikda ishlash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi
    29.06.2022

    Bugun, 29-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Jahon Banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida so‘nggi yillarda mamlakatimiz salmoqli yutuqlarga erishayotgani ta’kidlandi. Shu qatorda zamonaviy normativ-huquqiy baza yaratilib, iqtisodiyotning strategik tarmoqlariga axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” keng ko‘lamli dasturi amalga oshirilmoqda.

    Uchrashuv davomida BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish kabi muhim yo‘nalishga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarni AKT sohasiga keng jalb etish orqali ularning bandligini oshirish, yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini yaratish vazirlik faoliyatidagi ustuvor vazifalardan biri ekanligi aytib o‘tildi.

    Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish” loyihasi doirasida BPO-markazlarini tashkil etishga ko‘maklashish va ularni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

    Shuningdek, tomonlar sohani yanada takomillashtirishga qaratilgan dolzarb masalalar va istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildi hamda loyihalarni hamkorlikda samarali davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati