Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • SAP kompaniyasiga O‘zbekistonda tezroq rasmiy bo‘linmasini ochish va ko‘proq yoshlarni SAP mahsulotlari bo‘yicha masofaviy xizmat ko‘rsatadigan mutaxassis etib tayyorlash bo‘yicha hamkorlik taklif etildi
    29.06.2022

    Bugun, 29-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov SAP kompaniyasining Markaziy va Sharqiy Yevropa bo‘yicha boshqaruvchi direktori Tom Kindermans bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda AKT vazirligi hamda kompaniya o‘rtasida o‘zaro istiqbolli yo‘nalishlarda, jumladan, ta’lim va IT-tadbirkorlik sohasida birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Hozirgi kunda SAP kompaniyasi korporativ ilovalar bozorida yetakchi hisoblanib, dunyoning 180 mamlakatidagi 440 000 dan ortiq mijozlar kompaniya xizmatlaridan foydalanishmoqda.

    Kompaniya 2007-yildan boshlab O‘zbekistonga o‘z texnologiyalarini taqdim etib kelmoqda. Bugungi kunda kompaniyaning O‘zbekistondagi mijozlari asosan chakana savdo, moliya, shuningdek, telekommunikatsiya va qurilish kompaniyalari hisoblanadi.

    Uchrashuv davomida SAP kompaniyasi ishtirokida kadrlar malakasini yanada oshirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy etish masalariga to‘xtalib o‘tildi.

    Shuningdek, BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish orqali mahalliy yoshlarni yuqori maoshli ishga joylashtirish asosiy maqsad qilingani aytib o‘tildi. Bunda kompaniya ishtirokini bevosita ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

    Shu bilan birga, AKT vazirligi tomonidan SAP kompaniyasiga O‘zbekistonda tezroq rasmiy bo‘linmasini ochish taklif etilib, ko‘proq yoshlarni SAP mahsulotlari bo‘yicha masofaviy xizmat ko‘rsatadigan mutaxassis etib tayyorlash bo‘yicha masalalar ham muhokama qilindi.

    AKT sohasida hamkorlik qilish va uni kelgusida yanada rivojlantirish bo‘yicha fikrlar almashildi.

    Manba: Axborot xizmati