Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • SHHT bilan hamkorlikda “Aqlli shahar” dasturi doirasidagi xalqaro anjuman boshlandi
    29.06.2022

    O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2021–2022-yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 28–29-iyun kunlari Toshkent shahrida “Aqlli shahar” dasturi doirasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar poytaxtlari va shaharlari o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashish” mavzusidagi Xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.

    Bugun, 29-iyun kuni Toshkent shahridagi Inxa universitetida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida “Aqlli shahar” dasturi doirasidagi xalqaro anjumanga start berildi.

    Anjuman ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ham qatnashib, nutq so‘zladi.

    Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad – “Aqlli shaharlar”ni qurishda mavjud muammolarni aniqlash, aholining xabardorligini oshirish, smart texnologiyalarni o‘rganish va joriy etish, shuningdek, Xalqaro forum orqali qo‘shma xalqaro ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish hamda SHHTga a’zo davlatlarning ushbu yo‘nalishdagi tajribalarini o‘rganishdan iborat.

    Ayni vaqtda qatnashchilar “Aqlli shahar”larni qurish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z taqdimotlarini namoyish etishmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati