Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vashingtonda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari bilan AKT sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
    22.06.2022

    Ayni kunlarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turibdi. Tashrifdan asosiy maqsad – Amerika va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, AKT sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

    Shu munosabat bilan 21-iyun kuni Vashington shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Osiyo Byurosi Administratori assistenti o‘rinbosari Anjali Kaur o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi J. Vahobov ham ishtirok etdi.

    Uchrashuvda Amerika grantlari hisobidan “English Speaking & IT-nation” qo‘shma dasturini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

    Shuningdek, raqamli iqtisodiyot doirasida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish, O‘zbekistonda keng polosali aloqani kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. 

    Uchrashuv davomida kompaniya ishtirokida kadrlar malakasini oshirish, sohaga investisiyalarni jalb qilish, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy etish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

    AKT sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikrlar almashildi.

    Manba: Axborot xizmati