Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi va Amerika-O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    22.06.2022

    21-iyun kuni Vashington shahri (AQSH)da Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va Amerika-O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi vakillari bilan  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv avvalida AKT vaziri O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va raqamlashtirish sohasiga katta e’tibor qaratilayotganini, shuningdek, IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

    Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston-Amerika ko‘p qirrali hamkorligi jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladilar.

    Savdo-sanoat palatasi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirishda, AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.

    Shu bilan birga, Amerika-O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

    Jumladan, qonunchilikka oid, bank orqali hisob-kitob qilish masalalari, O‘zbekistondagi ta’lim, xususan, IT sohasidagi ta’lim masalalari, yosh kadrlar va qo‘shimcha masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.  

    Manba: Axborot xizmati