Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “UZINFOCOM” Qirg‘izistonning “Infocom” davlat korxonasi bilan memorandum imzoladi
    21.06.2022

    Qirg‘iziston Respublikasida “UZINFOCOM” Yagona integratori va Qirg‘iziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi huzuridagi “Infocom” davlat korxonasi o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

    Ishchi tashrif doirasida “UZINFOCOM” Yagona integratori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

    Shuningdek, ishchi guruh Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurdi hamda “Infocom” DК faoliyati bilan tanishdi.

    Memorandum – ustuvor yo‘nalishlar identifikatsiya tizimlari va bulutli yechimlar faoliyati bo‘yicha tajriba almashishdan iborat.

    Manba: Axborot xizmati