Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri YeXHT DIIHB delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi
    15.06.2022

    Bugun, 15-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

    YeXHT DIIHB vakillari mamlakatda AKT sohasi rivojiga katta e’tibor berilayotganini, shuningdek, bu kabi e’tibor o‘zining ijobiy natijalarini berayotganini ta’kidladi.

    DIIHB delegasiyasiga boshchilik qilgan Ouen Merfi 2021-yilda o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidentligiga saylovini kuzatish bo‘yicha missiyaga ham rahbarlik qilgan edi.

    Muloqotda O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha DIIHB missiyasining yakuniy hisobotida ilgari surilgan tavsiyalar haqida fikr almashildi.

    Uchrashuv davomida DIIHB vakillari axborot-kommunikatsiya sohasida ko‘p qirrali hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati