Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri IT Parkning Samarqand viloyatidagi yangi rezidenti – “KMS Trans SO” QK tomonidan tashkil etilgan BPO-school ochilishida ishtirok etdi
    12.06.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Samarqand viloyatidagi “KMS Trans SO” QK tomonidan tashkil etilgan BPO-school’ning ochilish marosimida ishtirok etdi.

    “KMS Trans SO” QK markazi logistika sohasida faoliyat olib borishi uchun tashkil etilgan bo‘lib, AQSHdagi yuk avtomobillarining harakatini nazorat qiladi. Endilikda markaz tomonidan tashkil etilgan BPO-school o‘nlab sifatli kadrlarni yetishtirib berishni maqsad qilgan.

    Bugungi kunda markazga 20 nafardan ortiq yoshlar ishga qabul qilinib, faoliyat olib borishmoqda. Xodimlarga ishlashlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan bo‘lib, ularni ishga olishda ingliz tilida erkin so‘zlasha olishlari va kompyuterda ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari talablari qo‘yilishi aytib o‘tildi.

    AKT Sh. Shermatov o‘quv markazning faoliyati bilan yaqindan tanishib, AKT sohasi uchun yetuk malakali kadrlarni tayyorlashda IT markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va BPO markazlar faoliyati kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

    Manba: Axborot xizmati