Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Samarqand filialida qurilish jarayonlarini sifatini ta’minlash, samarali nazariy va amaliy o‘quv tizimini tashkil etish, hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun topshiriqlar berildi
    12.06.2022

     Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga bordi.

    Samarqand filialida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Bunda davlat xususiy sherikchiligi asosida qurilayotgan talabalar turar joyini keyingi o‘quv yili boshlanishiga qadar yakunlab, talabalarga barcha shart-sharoitlarni yaratish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

    AKT vaziri Sh. Shermatov TATU Samarqand filialidagi qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

    Shuningdek, bugungi kunda filial binosining ta’mirlanish jarayoni ko‘zdan kechirib, uning fasad qismini boshqa yon atrofdagi hudud bilan uyg‘unlashtirish, tashqi yoritish tizimlariga alohida e’tibor berish bo‘yicha takliflar berildi.

    AKT vaziri tashrifi davomida Inkubatsiya va akseleratsiya markazi, KOICA bilan hamkorlikda tashkil etilgan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi imkoniyatlari bilan tanishib, talabalarga frilanser bo‘lib ishlashlari uchun imkoniyat yaratish va rag‘batlantirish bo‘yicha ishlarni muntazam ravishda olib borish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Manba: Axborot xizmati