Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Samarqand viloyatidan AQSh bozoriga masofaviy hizmatlar orqali ko‘plab yoshlarga ish o‘rni yaratib bergan “Prime Samarkand” BPO markazi faoliyati bilan tanishdi
    12.06.2022

    Bugun, 11-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan “Prime Samarkand” BPO markazi faoliyati bilan tanishdi.

    Mazkur markaz Samarqand shahrida tashkil etilgan bo‘lib, 50 nafarga yaqin yoshlarni yuqori daromadli ish bilan ta’minlagan.

    AKT vaziri Sh. Shermatov markazda faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan muloqot qilib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Yoshlarga yuqori daromad olish mumkinligi, buning uchun ingliz tili bilan kompyuterda ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish lozimligini ta’kidladi.

    AKT vaziri “Prime Samarkand” BPO markazi rahbarlari bilan muloqot qilib, ularga faoliyatlarini kengaytirish va yangi ish joylarini tashkil etish bo‘yicha vazirlik amaliy yordam ko‘rsatishga doimiy tayyorligi, bino bilan ta’minlash va ularni ta’mirlash, shuningdek, yosh malakali kadrlarni tayyorlab berishda hamkorlikda ishlarni tashkil etish bo‘yicha o‘zining fikr va takliflarini bildirib o‘tdi.

    Manba: Axborot xizmati