Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Samarqanddagi yangi IT Park rezidenti WePro o‘quv markazining ochilishida ishtirok etdi
    11.06.2022

    Bugun, 11-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Samarqand viloyatiga tashrifi davomida viloyatda faoliyat yuritayotgan IT o‘quv markazlari, IT kompaniyalar faoliyatini ham o‘rganib, ularni bevosita IT Park rezidenti bo‘lishlik taklifini aytib, ular faoliyatini qo‘llab-quvatlashga tayyorligini bildirmoqda.

    Shundan kelib chiqib, bugun AKT vaziri Sherzod Shermatov IT Parkning yangi rezidenti WePro o‘quv markazining ochilishida ishtirok etdi.

    Ushbu o‘quv markaz o‘sib kelayotgan yosh avlodni IT sohasiga keng jalb etish va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil etilmoqda.

    Zamon talablari asosida jihozlangan, shinam xonalarga ega boʻlgan ushbu markaz zamonaviy kompyuterlar, yuqori tezlikda ishlovchi internet va zamonaviy texnologiyalari bilan ta’minlangan.

    O‘quv markazida 10 dan ziyod malakali mutaxassislar tomonidan 20 ga yaqin o‘quv kurslari tashkil etilgan.

    AKT vaziri Sh. Shermatov bugungi kunda IT sohasining jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani, shuningdek, o‘quv markazda sifatli ta’lim berib, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash orqali yoshlar kelgusida yuqori daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lishlarini ta’kidladi.

    Manba: Axborot xizmati