Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi (RASMIY BAYONOT)
    10.06.2022

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–777-sonli Qonun imzolandi. 

    Qonun bilan qonunchilikka posilka, pochta kuryeri kabi tushunchalar kiritildi.

    Qonunga ko‘ra, pochta xizmatlari pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan pochta, kuryerlik xizmatlari hamda boshqa turdagi pochta xizmatlari tarzida shartnoma asosida ko‘rsatiladi.

    Foydalanuvchilarning manziliga oid ma’lumotlar, pochta va kuryerlik jo‘natmalari hamda ularning tarkibi to‘g‘risidagi axborot, pochta aloqasi operatorlari hamda provayderlarining faoliyati sohasiga kiradigan boshqa xabarlar, shuningdek ushbu pochta va kuryerlik jo‘natmalarining o‘zi pochta aloqasining sirini tashkil etadi.

    Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplaydi.

    Pochta va kuryerlik jo‘natmasi topshirilmaganligi, o‘z vaqtida yetkazib berilmaganligi yoki yo‘qotilganligi, buzilganligi (shikastlanganligi) yoxud o‘tkazilgan pul mablag‘lari to‘lanmaganligi bilan bog‘liq e’tirozlar pochta va kuryerlik jo‘natmasi topshirilgan kundan e’tiboran 6 oy ichida taqdim etiladi.

    Pochta xizmatlaridan foydalanuvchilar pochta aloqasi xizmatlarining boshqa foydalanuvchilariga, pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlariga yetkazilgan, jo‘natilishi taqiqlangan predmetlar va moddalarni pochta va kuryerlik jo‘natmalariga joylash natijasida yoki ular lozim darajada o‘ralmaganligi natijasida yuzaga kelgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

    Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

    Manba: Axborot xizmati