Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Amerika IT kompaniyalarini O‘zbekistonda mintaqaviy ofislarini ochishni taklif etdi
    09.06.2022

    Bugun, 9-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum bilan uchrashib, IT Parkning yangi qurilayotgan majmuasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

    Xabaringiz bor, joriy yilning 14-aprel kuni davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.

    Ushbu topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekistondagi xorijiy davlatlarning elchilari, yetakchi mutaxassislari, IT kompaniyalar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazilib, hamkorlik masalalari muhokama qilib kelinmoqda.

    Hamkorlik masalalarini yanada kengaytirish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvda ham dastlab IT Parkning yangi qurilayotgan majmuasi va “Astrum” IT akademiyasi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi. Unda AKT sohasining infratuzilmasi tubdan yangilanayotgani, bu esa dunyodagi katta IT kompaniyalarni jalb etib, IT Parkni yaxlit kompleks tarzda rivojlantirish, IT vakillari uchun qulay muhit yaratish maqsad qilinayotgani tushuntirildi.

    Shundan so‘ng AKT vaziri Elchini IT Parkning yangi qurilayotgan majmuasi bilan tanishtirdi.

    Bu yerda yoshlarni yetakchi xorijiy kompaniyalarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish kasbiga, ya’ni autsorsing (BPO va KPO) xizmatlarini ko‘rsatishga o‘rgatish, xorijning yetakchi IT kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish, mamlakatni mintaqaviy IT markazga aylantirish maqsad qilingani aytib o‘tildi.

    Jumladan, AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida IT sohalarida hamkorlik yangi bosqichga chiqayotgani, AQSH yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish, shuningdek, masofaviy xizmatlar ko‘rsatish autsorsing (BPO va KPO) markazlarini tashkil etishda asosiy hamkor bo‘layotgani ta’kidlandi.

    Tanishtiruv jarayonida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyumga Amerikaning IT kompaniyalarini O‘zbekistonda mintaqaviy ofislarini ochishni taklif etdi.

    Manba: Axborot xizmati