Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    07.06.2022

    Bugun, 7-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo, boshqaruv va siyosiy masalalar bo‘yicha direktori o‘rinbosari Xester Kutansh bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish Banki bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

    Uchrashuv davomida raqamli iqtisodiyot doirasida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish, O‘zbekistonda keng polosali aloqani kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

    Tomonlar keng va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etib, ularni yanada rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati