Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amity Universitetida Yandex va IT Park tomonidan ovozli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha workshop boʻlib oʻtdi
    07.06.2022

    Ovozli texnologiyalar kundan-kunga hayotimizning koʻp yoʻnalishlarida ishlatilmoqda. Bir necha yillar davomida ovoz texnologiyalar asosan imkoniyati cheklangan insonlar uchun imkoniyat yaratish maqsadida yaratilgan vosita hisoblanardi. Keyinchalik esa bu odamlarni texnikani yanada qulayroq ishlatish uchun sistemalashtirildi.

    Shu munosabat bilan, Yandex kompaniyasi IT Park bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi Amity Universitetida “Ovozli texnologiyalardan foydalanish” mavzusida workshop boʻlib o‘tdi.

    Workshop davomida spiker talabalarni quyidagilar bilan yaqindan tanishtirdi:

    – Yandex ovozli yordamchisi qanday ishlaydi va uni sun'iy intellekt deb atash mumkinligi toʻgʻrisida

    – Ovozli yordamchi qanday o‘rganadi va unga yangi narsalarni qanday o‘rgatilinadi

    – Ovozli yordamchi skriptni qanday sinab ko‘rish kerakli haqida toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlishdi.

    Workshop so‘ngida talabalar ovozli texnologiyalar sohasida kelajakda muvaffaqiyatga erishish borasidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi hamda tadbirning samarali o‘tganligini taʼkidlashdi.

    Manba: Axborot xizmati