Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi markaziy apparat xodimlari o‘rtasida o'tkazilgan shaxmat-shashka musobaqasi doirasida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ishtirok etib, master klass o‘tkazgani uchun minnatdorchilik bildiradi
    03.06.2022

    O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

    Ushbu qarorga muvofiq vazirlik, idora hamda tashkilotlarda shaxmat va shashka musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

    Bugun, 3-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida ham Shaxmat-shashka musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu musobaqada AKT vazirligining markaziy apparat xodimlari o‘zaro bellashdi.

    Unda, shuningdek, Polshada bo‘lib o‘tgan rapid bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov ham qatnashdi.

    Ushbu musobaqada Jahon chempionining otasi Fazliddin Ochilov ham ishtirok etdi. AKT vazirligi jamoasi F. Ochilovga shunday farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Kelgusida Nodirbekka yurtimiz obro‘sini yanada yuksaklarga ko‘tarishiga hamda katta musobaqalarda muvaffaqiyatli yurishini davom ettirishini tilashdi.

    Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z zehn va aql-idroklarini sinovdan o‘tkazishdi.

    Musobaqa so‘ngida AKT vaziri Sh. Shermatov tomonidan g‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilarining faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

    Manba: Axborot xizmati