Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Aholiga telekommunikatsiya xizmatlarini sifatli taqdim etish, ichki ish jarayonlarini optimallashtirib samarali ish tizimini tashkil qilish va dasturiy ta’minotlarni zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi
    28.05.2022

    Bugun, 28-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbektelekom” AK Qashqadaryo filiali Shahrisabz telekommunikatsiya bog‘lamasi faoliyati bilan tanishdi.

    Tashrif davomida AKT vaziri Sh. Shermatov telekommunikatsiya bog‘lamasida yaratilgan sharoitlar hamda tarmoqni rivojlantirish, aholiga hizmat ko’rsatish bo’yicha belgilangan  vazifalar va amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

    AKT vaziri Sh. Shermatov telekommunikatsiya bo‘yicha  aholiga sifatli xizmatlarni ko‘rsatish muhimligini ta’kidladi.

    Shu maqsadda aholi va xodimlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, kompaniya abonentlarlarini  oshirish va ichki ish jarayonlarini optimallashtirib samarali ish tizimini tashkil qilish bo‘yicha vazifalar  belgilab berildi

    Shuning bilan birga, telekommunikatsiya xizmatlarini sifatli taqdim etish, sotuvlar tizimini takomillashtirish, abonentlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini yanada yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish maqsadida istiqbolli yo‘nalishga alohida e’tibor  berish kerkligini ta’kidladi.

    Xizmatlar хilmaхilligini orttirish orqali kompaniya daromadlarini oshirish, xizmat ko‘rsatishni osonlashtirish maqsadida dasturiy ta’minotlarini zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha alohida topshiriqlar berildi. 

    Manba: Axborot xizmati