Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Shahrisabz shahridagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga borib, yoshlarga аxborot texnologiyalari va chet tillarini o‘qitish bo‘yicha alohida vazifa va topshiriqlarni belgilab berdi
    28.05.2022

    Bugun, 28-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahridagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga bordi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarining vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni IT sohasiga  keng jalb etish, ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirishga, kelajakda yetuk IT mutaxassislarni yetishtirib chiqarishga qaratilgan.

    Shinam xonalarga ega boʻlgan ushbu markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmogʻi bilan taʼminlangan. Bu yerda tuman yoshlari uchun raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, robototexnika boʻyicha oʻquv kurslari tashkil qilingan.

    Shuningdek, bu yerda kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslari tashkil etilgan.

    AKT vazir Sh. Shermatov markazda tahsil olayotgan yoshlar bilan ochiq muloqat o‘tkazib, yoshlarning sohaga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

    Uchrashuv chog‘ida AKT vaziri o‘quv sifatini oshirish maqsadida markazda xorijiy tajriba asosida joriy qilingan dasturdan o‘quv markazlariga ham joriy qilish bo'yicha vazifalar belgilab berildi.

     Shuningdek, AKT vaziri o‘quv markazda yoshlarning IT sohasiga qiziqishini oshirish, ularning bu boradagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. AKT sohasida yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlash uchun markazda ta’lim sifatini oshirishga, chet tillarini o‘qitish bo‘yicha alohida vazifa va topshiriqlarni belgilab berdi.

    Manba: Axborot xizmati