Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumani markazida barcha aloqa korxonalari joylashadigan IT Park binosini zamonaviy talablar asosida qurish bo'yicha ishlarni jadallashtirish vazifalarini belgiladi
    27.05.2022

    Bugun, 27-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-22-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumaniga bordi.

    Tumanda yangi qurilayotgan barcha aloqa korxonalari joylashadigan IT Park  obyekti taqdimoti bilan tanishib, olib borilayotgan qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

    AKT vaziri Sh. Shermatov aynan Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarning qay darajada bajarilayotgani, bu yerda yangi qurilayotgan zamonaviy qurilishlarining holati bilan tanishdi.

    Ko‘kdala tumanida IT Park filiali tashkil etilishi Qashqadaryo viloyatida AKT sohasida xizmatlar ulushini ko‘tarish va viloyatning eksport salohiyatini oshirish, yoshlarga yuqori daromadli yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

    Taqdimotdan keyin Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov barcha ishlarni tizimli amalga oshirish, olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish va sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab, topshiriqlar berdi.

    Manba: Axborot xizmati